locale OZ

Darvin Nunes yana Yevropaga qaytishi mumkin — Di Marsio

Urugvaylik hujumchi hozirda «Al Hilol» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Darvin Nunes yana Yevropaga qaytishi mumkin — Di Marsio
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi ayni paytda Saudiya Arabistonining «Al Hilol» jamoasi sharafini himoya qilayotgan urugvaylik hujumchi Darvin Nunesni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.

26 yoshli forvard «Yuventus» uchun ustuvor nishonga aylangan. Klub rahbariyati uni jamoaning asosiy hujumchisi Dushan Vlahovichga munosib raqobatdosh sifatida ko‘rmoqda.

Nunes 2025 yilning yozida 53 million yevro evaziga «Liverpul»dan «Al Hilol»ga ko‘chib o‘tgan edi. U Saudiya klubi safida jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq jamoaga Karim Benzemaning kelishi urugvaylik futbolchining o‘yin amaliyoti kamayishiga va asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. Shu bois, Nunes klubini almashtirish haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Ma’lumot uchun, Darvin Nunesning «Al Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting