locale OZ

Darvin Nunes APLga qaytish uchun maoshini kamaytirishga qarshi emas

"Chelsi" unga jiddiy qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Darvin Nunes APLga qaytish uchun maoshini kamaytirishga qarshi emas
ФОТО: Getty images

«Al Hilol» hujumchisi Darvin Nunes yozgi transfer oynasida Angliyaga qaytishi mumkin.

Transfer News Live jurnalisti Mark Brus ma'lumotiga tayanib xabar berilishicha, Londondagi «Chelsi» klubi 26 yoshli uruguaylik forvardga jiddiy qiziqmoqda.

Biroq hujumchining Angliya Premyer-ligasiga qaytishi uchun u maoshini sezilarli darajada kamaytirishiga to'g'ri keladi. Nunes yana APLda o'ynash uchun yuqori maoshidan voz kechishga tayyor.

Тransfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Nunes ilgari «Liverpul» safida APLda 95 ta bahsda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 16 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting