Danni Ingz Chempionshipda to‘p tepadi
Фото: Getty Images
Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Danni Ingz faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi.
33 yoshli forvard “West Ham”ni tark etdi va erkin agent sifatida “Sheffield United”ga o‘tdi.
Futbolchi ushbu klub bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsumda Ingz Premyer-ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi. U faoliyati davomida “Liverpool”, “Southampton” va “Aston Villa” klublarida ham harakat qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist