Daniyalik futbolchi Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Ayni paytda klublar zarur hujjatlarni almashmoqda.
ФОТО: Getty images
"Kopengagen" hujumchisi Yordan Larsson faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni ligasi 29 yoshli shved futbolchisining transferini ma’qullagan. Ayni paytda klublar zarur hujjatlarni almashmoqda. Transfer qiymati 1,5 million dollarni tashkil etadi.
Avvalroq Larsson "Al-Ittifoq" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingandi.
Agar kelishuv amalga oshsa, futbolchi debyutini Saudiya Arabistoni chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "An-Nasr"ga qarshi bahsda o‘tkazishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist