Daniya terma jamoasining JCh-2018dagi bosh murabbiyi Åge Hareide 72 yoshida vafot etdi
Daniya va Norvegiya terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Åge Hareide 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda VG nashri mutaxassis o‘g‘lining so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Hareidening vafoti haqida payshanba kuni ma’lum bo‘ldi. Iyul oyida norvegiyalik murabbiyga miya shishi saratoni tashxisi qo‘yilgan edi.
«Dadam kechqurun uyda oila a’zolari bag‘rida olamdan o‘tdi. U so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Kasalligi davrida bizga ko‘rsatilgan barcha muhabbat uchun behisob minnatdormiz», — dedi murabbiyning o‘g‘li Bendik Hareide.
2017 yili Hareide Daniya terma jamoasini Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatiga olib chiqdi va jamoa 1/8 finalgacha yetib bordi.
Turli yillarda u Norvegiya va Islandiya terma jamoalariga ham boshchilik qilgan, klub darajasida esa “Molde”, “Rosenborg”, “Viking”, “Brøndby”, shuningdek, Shvetsiyaning “Helsingborg”, “Malmö” va “Örgryte” jamoalarida ishlagan.