Daniel Maldini “Kalyari” safida o‘ynaydi
Italiya A Seriyasining yangi mavsumi 22-avgust kuni boshlanadi.
Foto: Getty Images
“Atalanta” futbolchisi Daniel Maldini faoliyatini “Kalyari”da davom ettiradi.
Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. 24 yoshli italiyalik futbolchi Sardiniya klubiga ijara asosida qo‘shiladi. Kelishuvga Maldinini keyinchalik to‘liq sotib olish imkonini beruvchi band ham kiritilgan. Transferning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.
Avvalroq Paolo Maldinining o‘g‘liga “Sassuolo” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq yakunda “Kalyari” “Atalanta” bilan kelishuvga erishdi.
Italiya A Seriyasining yangi mavsumi 22-avgust kuni boshlanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist