locale OZ

Daniel Levi 25 yillik faoliyatdan so‘ng «Tottenxem»ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Daniel Levi 25 yillik faoliyatdan so‘ng «Tottenxem»ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Daniel Levi "Tottenxem" boshqaruv raisi lavozimini deyarli 25 yillik faoliyatdan so‘ng tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Endilikda uning o‘rnini Vinay Venkatesham egallaydi. U bosh ijrochi direktor etib tayinlandi, Tomas Frank erkaklar jamoasining yangi bosh murabbiyi, Martin Xo esa ayollar jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi. Piter Charrington esa direktorlar kengashiga qo‘shildi va endi u boshqaruv raisi lavozimini egallaydi.

"Bularning barchasi klubning uzoq muddatli sport yutuqlariga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi maqsadlarning bir qismi hisoblanadi", — deyiladi "Tottenxem" bayonotida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting