locale OZ

Dani Sebalyos mavsum yakunida «Real Madrid»ni tark etadi

29 yoshli xavbek Mourinyuning rejalariga kirmaydi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Dani Sebalyos mavsum yakunida «Real Madrid»ni tark etadi
FOTO: Getty Images

Yarimhimoyachi Dani Sebalyos shu yozda erkin agent sifatida madridliklar safidan ketadi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, qaror yakuniy — 29 yoshli xavbek «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyuning kelgusi rejalariga kirmaydi. Sebalyos faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyor. Avvalroq, futbolchi «Real» bilan amaldagi shartnomasining so‘nggi yilidan voz kechib, «Betis»ga qaytishni istayotgani, biroq madridliklar uning transferidan 7-8 million yevro ishlab olmoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Hozirda «Betis» Sebalyosni o‘z safiga qo‘shib olishga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Shuningdek, may oyida Amsterdamning «Ayaks» klubi ham futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq Dani bu variantni ko‘rib chiqmagan. Ma’lumot uchun, yarim himoyachining «Real» bilan shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qilishi kerak edi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting