locale OZ

Dani Olmo “Bavariya”ga ikki marta rad javobini bergan

Birinchi taklif Olmo Zagrebning “Dinamo” klubida o‘ynayotgan paytda tushgan.
Dani Olmo “Bavariya”ga ikki marta rad javobini bergan
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyati davomida ikki marta “Bavariya”ga o‘tish imkoniyatini rad etgan. Futbolchining agenti Endi Bara Inkubator podkastida bu haqda gapirib, har ikki holatda ham boshqa variant tanlanganini ma’lum qildi.

Birinchi taklif Olmo Zagrebning “Dinamo” klubida o‘ynayotgan paytda tushgan. Bara o‘sha vaqtda futbolchiga darhol “Bavariya”ga o‘tmasdan, faoliyatida yana bir oraliq qadam tashlashni maslahat bergan. Natijada ispaniyalik futbolchi 2020-yilda “RB Leypsig” safiga qo‘shilgan.

Keyinchalik Olmo “Leypsig”da o‘ynayotganida “Bavariya” yana unga taklif bilan chiqqan. Bu safar “Barselona” va boshqa klublar ham futbolchiga qiziqish bildirgan. Yakunda Olmo Kataloniya klubini tanlagan va 2024-yilda “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Olmo 2026/27-yilgi mavsumda “Barselona” safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning agenti, shuningdek, futbolchi kelajakda faoliyatini Zagrebning “Dinamo” klubida yakunlashni va murabbiylik faoliyatini ham aynan shu jamoada boshlashni istashini aytgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting