locale OZ

Dani Alves qamoqda o'tkazgan vaqti uchun tovon puli olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dani Alves qamoqda o'tkazgan vaqti uchun tovon puli olishi mumkin
FOTO: Jordi Borras/AFP/Getty Images

Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq himoyachisi Dani Alves hibsda o'tkazgan kunlari uchun 20 ming yevro tovon puli olishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Oliy sud zo'ravonlik ishi bo'yicha birinchi hukmni bekor qilgani sababli, sobiq futbolchi qamoqda o'tkazgan 405 kuni uchun tovon pulini talab qilish huquqiga ega.

Qayd etilishicha, Alves Meksikaning “Pumas” klubidan ham shartnomani muddatidan avval bekor qilingani uchun 2 million yevro talab qilishi mumkin. Chunki futbolchi oqlansa, bu asossiz deb hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Alves avvalroq jinsiy zo'ravonlikda aynlanib, 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Biroq, dalillar yo'qligi sabab bir yilda so'ng ozodlikka chiqarildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting