locale OZ

Dani Alves Portugaliya klubini sotib olmoqchi

Shuningdek, braziliyalik futbolchi faoliyatini qayta tiklamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dani Alves Portugaliya klubini sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Avval «Barselona» va Braziliya milliy jamoasi safida to‘p surgan Dani Alves Portugaliyaning uchinchi divizioni — Liga 3’da ishtirok etuvchi «San-Juan-de-Ver» futbol klubini sotib olish niyatida. Shuningdek, tajribali futbolchi yaqin olti oy ichida professional futbolga qaytish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.

Dastlabki rejaga ko‘ra, Alves jamoa safida futbolchi sifatida maydonga tushish bilan birga, ma’muriy va sport boshqaruvi bilan bog‘liq vazifalarni ham bajarishi mumkin. U debyut va faoliyatini qayta boshlashni kelasi mavsumdayoq amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Dani Alves 2023 yildan buyon maydonga tushmagan. O‘sha yili u Ispaniyada jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bilan hibsga olingan, ish bir yildan ortiq davom etgan va futbolchi qamoqda bo‘lgan. 2024 yilda u to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Biroq 2025 yilda sud dalillar yetarli emasligi sababli ayblov hukmini bekor qildi.

Faoliyati davomida Dani Alves «Barselona» safida olti bor Ispaniya chempioni, uch marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u «Sevilya» bilan ikki marta UEFA kubogini qo‘lga kiritgan, «PSJ» tarkibida esa ikki bor Fransiya chempionligini nishonlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting