Dani Alves ozodlikka chiqarildi
Futbol
28 mar 2025 da 08:08

Nasrullo Karimov
Журналист

FOTO: Reuters
Kataloniyaning “Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dani Alves oqlanib, ozodlikka chiqarildi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Ispaniya Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha palatasi Alvesga chiqarilgan hukmni (4,5 yillik qamoq jazosi) jabrlanuvchining ko'rsatmasidan tashqari jiddiy dalillar yo'qligi sababli bekor qildi.
Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi jinsiy zo'ravonlikda aybdor deb topilib, 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Bir yillik qamoqdan so'ng Barselona sudi Alvesni hukm ustidan apellyatsiya shikoyati ko'rib chiqilgunga qadar 1 million yevro garov evaziga qo'yib yuborgandi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Dani Alves qamoqda nohaq o'tkazgan vaqti uchun tovon puli olishi mumkin.
Mashhur yangiliklar
Barcha yangiliklar
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting