locale OZ

Dana Uayt UFC tarixidagi eng shafqatsiz qarama-qarshiliklar top-beshligini ma’lum qildi

Unga koʻra, Habib — Konor jangi birinchi oʻringa qoʻyildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dana Uayt UFC tarixidagi eng shafqatsiz qarama-qarshiliklar top-beshligini ma’lum qildi
FOTO: Getty Images

UFC rahbari Dana Uayt tashkilot tarixidagi jangchilar o‘rtasidagi darajasi eng yuqori bo‘lgan beshta asosiy qarama-qarshilikni sanab o‘tdi.

«Agar UFC tarixidagi raqiblar o‘rtasida chinakam nafrat mavjud bo‘lgan top-5 jang haqida gapiradigan bo‘lsak, men ushbu to‘qnashuvni (Chimayev — Striklend) ikkinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardim — faqatgina Konor Makgregor va Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jangdan keyin.

Konor va Habib jangi yuqoriroq turishining yagona sababi — o‘sha bahsdan oldin Bruklinda sodir bo‘lgan voqealar, butun targ‘ibot jarayoni va jang arafasidagi hodisalardir. Biroq bo‘lajak jang ham juda shiddatli bo‘lishi aniq. Bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q dunyoning ikki eng kuchli jangchisi — bu ajoyib oqshom bo‘lishidan darak bermoqda», — dedi Uayt «WFAN Sports Radio» efirida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting