locale OZ

Dana Uayt shu hafta Oq uyda tashkil etiladigan turnirning toʻliq kardini eʼlon qiladi

Ushbu shov-shuvli musobaqa 14 iyun kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dana Uayt shu hafta Oq uyda tashkil etiladigan turnirning toʻliq kardini eʼlon qiladi
FOTO: Getty Images

UFC rahbari Dana Uayt joriy yilning 14 iyun kuni Oq uyda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan tarixiy turnir tafsilotlarini shu haftada e’lon qilishini tasdiqladi.

AQSh prezidenti qarorgohi hududida musobaqa o‘tkazish rejalari haqida avvalroq ma’lum qilingan edi. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tadbirni tashkil etish uchun promoushen 60 million dollardan ortiq mablag‘ sarflashi mumkin, biroq bu omil tashkilotning maqsadiga to‘sqinlik qilayotgani yo‘q.

«Sizlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi. Aslida, men aynan shu haftada Oq uydagi jang haqida e’lon qilishim kerak. Haftalik rejamizdan ushbu anons o‘rin olgan», — deya ta’kidladi Dana Uayt.

Turnir translyatsiyasi Paramount+ platformasi orqali amalga oshiriladi, shuningdek, shouning bir qismi CBS telekanalida namoyish etilishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, janglar kardi olti yoki yetti uchrashuvdan iborat bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting