locale OZ

Dana Uayt Aleksandr Usikka hamkorlik taklif qildi

UFC rahbari yangi boks promousheniga asos soldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dana Uayt Aleksandr Usikka hamkorlik taklif qildi
FOTO: Getty Images

Zuffa Boxing promousheni ukrainalik bokschi Aleksandr Usik bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Bu haqda Usik jamoasi menejeri Sergey Lapin ma’lum qildi.

«Biz muzokaralar olib boryapmiz, ular qiziqish bildirmoqda. Hozircha tafsilotlarni oshkor eta olmaymiz. Qisqacha aytganda, bir nechta ochiq eshiklar mavjud. Agar hamkorlik formati, moliyaviy shartlar va vaqt biz uchun maqbul bo‘lsa, bozor kutilmagan burilishga guvoh bo‘lishi mumkin», — deya Lapinning so‘zlarini keltiradi talkSport.

Zuffa Boxing — UFC rahbari Dana Uayt boshchiligidagi yangi promoushen hisoblanadi. Ushbu kompaniya homiyligidagi ilk rasmiy turnir 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting