locale OZ

Damir Temirov: “Ijobiy natijaga erishish uchun borimizni beramiz”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Damir Temirov: “Ijobiy natijaga erishish uchun borimizni beramiz”
Photo: FC ANDIJON

“Andijon”ning “Dinamo”ga qarshi o'yini alamli mag'lubiyat bilan yakun topdi. Lekin futbolchilar raqibga qarshi munosib kurashdi.

Jamoa sharafini himoya qilayotgan Damir Temirov ham ushbu uchrashuvda maydonga tushdi va qo'ldan kelganicha harakat qildi. Yarim himoyachi mazkur bellashuv borasida shunday dedi:

“Zo'r tomoshabop o'yin bo'ldi, ammo yakunda alamli mag'lubiyat. Oxirgi daqiqalarda hujumga otlanib, himoyalanishda xatolikka yo'l qo'ydik. “Dinamo” biz kutgandek o'yin ko'rsatdi, ular har doim ochiq futbol o'ynashadi.

Uchrashuvdagi har bir to'xtalish o'yin tempiga ta'sir qildi. Ammo bu to'xtalishlar bizning foydamizga bo'lmadi.

Muxlislardan iltimos, jamoamizni duo qilib turinglar, biz ijobiy natijalarga erishish uchun borimizni beramiz. Maksimal kuchimizni sarflab, ishqibozlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz”, - dedi Temirov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting