locale OZ

Damir Temirov: «Haqli g'alabaga erishdik»

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Damir Temirov: «Haqli g'alabaga erishdik»
Фото: Андижон ПФК

«Andijon» jamoamiz Superliga 19-tur doirasida “Bobur arena”da “Xorazm”ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozonib, uch ochkoni qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.

Uchrashuvni to'liq o'tkazgan va g'alabaga o'z hissasini qo'shgan yarim himoyachi Damir Temirov bellashuv borasida klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini quyidagicha bildirdi:

“Juda zo'r va tomoshabop o'yin bo'ldi. Haqli g'alabaga erishdik, deb o'ylayman. Hisob 0:0 bo'lib turganda ham asabiylashganimiz yo'q, chunki o'yinni 90 daqiqa nazorat qildik.

Gol urgandan keyin emosiyaga berilib, o'yin nazoratini va «konsentrasiya»ni yo'qotmaslikni o'yladik. Xudoga shukurki, g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qila oldik”, - dedi Temirov, klub matbuot xizmatiga.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting