Dadaxon Yusupov «Neftchi»ga qaytdi
Kelishuv yil yakunigacha amal qiladi.
Фото: Нефтчи
Qirg‘izistonning “Neftchi” klubi bir nechta o‘zbekistonlik o‘yinchilar bilan shartnoma imzoladi.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachi Dadaxon Yusupov yana “Qo‘chqor-Ota” jamoasiga qaytdi. Kelishuv yil yakunigacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumda Yusupov Qirg‘izistonning “Ilbirs” klubida to‘p surgan. Ushbu jamoa safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta assist qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, jamoada o‘zbekistonlik mutaxassis Dmitriy An bosh murabbiylik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist