CSKA veterani o‘zbek futbolchisidan qutulishni tavsiya qildi
Rasm: championat.com
Moskvaning CSKA klubi sobiq futbolchisi Valeriy Masalitin jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevni tanqid qildi. U o‘z fikrlarini ommaviy axborot vositalariga bayonot tarzida bildirib o‘tdi.
— Fayzullaev o‘z o‘yinini topa olmayapti. Uni to‘liq ochish uchun ijaraga berish kerak. Faqat shunda CSKA uni foyda bilan sotishi mumkin. Bahorda Abbos jamoa uchun deyarli foyda keltirmadi. Harakat qildi, ammo undan natija chiqmadi, — dedi Masalitin.
O‘tgan mavsumda Fayzullaev CSKA safida RPLda 27 o‘yinda maydonga tushdi, 2 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Yangi murabbiy taktikasi bilan moslashishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ayni paytda Abbosning bozor qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor