CSKA bosh murabbiyisiz qoldi
U Gretsiyada ishlaydi
Photo: Getty Images
Marko Nikolic CSKA bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi va yaqin kunlarda Gretsiyaning AEK jamoasi boshqaruvini qo‘lga oladi.
Nikolic boshchiligidagi "armiyachilar" o‘tgan mavsum Rossiya chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakat kubogini ham yutgan edi.
AEK klubi Nikolic uchun 600 ming yevro miqdorida tovon puli to‘laydi.
Shuningdek, murabbiylar shtabini Rado Smilyanich, Goran Basarich va Aleksandr Rogich ham klubni tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Nikolic ishlagan vaqtida Abbosbek Fayzullayev zaxirada ko‘p marotaba qolib ketishiga to‘g‘ri keldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist