CSKA Abbosbek Fayzullayev transferi uchun tovon pulini oldi
Фото: Getty Images
"Istanbul Bashakshehir" Abbosbek Fayzullayev transferi uchun to'lovni amalga oshirdi. Bu haqda jurnalist Andrey Pankov xabar berdi.
Manbaga ko'ra, o'zbekistonlik 21 yoshli futbolchi jamoasining yaqinlashib kelayotgan o'yinida maydonga tushishi mumkin bo'ladi.
"Istanbul" shartnomadagi mablag'ning katta qismini muvaffaqiyatli to'lab berdi. CSKA esa xalqaro transfer sertifikatini yubordi.
Avvalroq xabar berilganidek, transfer summasi 7,5 mln yevroni tashkil qilgan.
"Bashakshehir" avvalroq pul o'tkazmalari bilan bog'liq muammolar haqida ma'lum qilgan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor