locale OZ

Crystal Palace o‘z tarixida ilk bor evrokuboklarning asosiy bosqichida ishtirok etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Crystal Palace o‘z tarixida ilk bor evrokuboklarning asosiy bosqichida ishtirok etadi
Photo: Getty Images

Crystal Palace Angliya kubogi finalida Manchester City’ni (1:0) mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Natijada Oliver Glasner shogirdlari Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi. Ular turnirning umumiy bosqichida ishtirok etadi. "Burgutlar" o‘z tarixida ilk bor evrokubok turnirining asosiy bosqichida qatnashadi.

Bundan tashqari, Crystal Palace yuqori darajadagi birinchi sovriniga ega bo‘ldi. Bungacha klub faqat Angliya quyi divizionida g‘alaba qozongan. Angliya kubogi finalida ikki marta ishtirok etib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting