\"City\" Sherkiga uzoq yillik shartnoma taklif qildi
Tomonlar kelishuvni tugatish bo'yicha muzokara o'tkazmoqda
Photo: Getty Images
“Lion” vingeri Rayan Sherki faoliyatini “Manchester City”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Qayd etilishicha, “shaharliklar” Sherki bo'yicha kelishuvga erishgan. Fransuz klubi futbolchi uchun 40 million yevro tovon puli talab qilmoqda.
“City” esa bu summani to'lashga rozilik bergan. Tez kunlarda rasmiy kelishuvga erishilishi kutilmoqda.
O'tgan mavsum Rayan “Lion” safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 20 ta assist amalga oshirdi. Sherkining qiymati Transfermarkt tomonidan 35 million yevroga baholangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist