locale OZ

CIES eng ko‘p daromad keltirgan akademiyalar reytingini e’lon qildi

Reytingda Portugaliyaning “Benfika” klubi peshqadam bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CIES eng ko‘p daromad keltirgan akademiyalar reytingini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

CIES Xalqaro sport tadqiqotlari markazi so‘nggi 10 yil ichida o‘z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali eng ko‘p daromad qilgan klublar reytingini e’lon qildi.

Reytingda Portugaliyaning “Benfika” klubi peshqadam bo‘ldi. Lissabonliklar 38 nafar futbolchini sotish orqali 589 million yevro ishlab topgan. Ikkinchi o‘rinni 43 nafar o‘yinchidan 454 million yevro daromad qilgan “Ayaks” egalladi.

Kuchli uchlikni Londondagi “Chelsi” klubi yakunlab berdi — “aristokratlar” 33 futbolchi transferidan 442 million yevro ishlab olgan.

Shuningdek, reytingdan Ispaniyaning “Real”, Angliyaning “Manchester Siti” klublari ham o‘rin olgan. Top-10 ro‘yxatidan Yevropadan tashqaridagi yagona klub sifatida Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi joy oldi.

CIES talqiniga ko‘ra so‘nggi 10 yilning eng daromadli akademiyalari:

“Benfika” — 38 futbolchi, 589 mln yevro
“Ayaks” — 43 futbolchi, 454 mln yevro
“Chelsi” — 33 futbolchi, 442 mln yevro
“Lion” — 31 futbolchi, 423 mln yevro
“Sporting” — 40 futbolchi, 417 mln yevro
“Manchester Siti” — 35 futbolchi, 414 mln yevro
“Real” — 40 futbolchi, 395 mln yevro
“Monako” — 25 futbolchi, 378 mln yevro
“Palmeyras” — 32 futbolchi, 356 mln yevro
“Bayer” — 12 futbolchi, 339 mln yevro

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting