ChL. Sporting Qayratni yirik hisobda mag'lub qildi
Qozog'istonliklar darvozaboni Sherxan Qalmurza yerlatib yo'llangan 11 metrli jarima zarbasini oyoqlari bilan qaytardi.
Photo: gettyimages
Chempionlar ligasi 1-turida Sporting Qayratni qabul qildi. Dastlab mezbonlar penaltian unumli foydalana olishmadi.
Qozog'istonliklar darvozaboni Sherxan Qalmurza yerlatib yo'llangan 11 metrli jarima zarbasini oyoqlari bilan qaytarib qoldi. Shunday bo'lishiga qaramasdan portugaliyaliklar yakunda 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvda Trinkau dubl qayd etdi.
«Sporting» - «Qayrat» 4:1
Gollar: Trinkau (44, 65), Santo (66), Kenda (68), Edmilson (86).
Sporting – Virjiniya, Fresneda, Quarejma, Inakio, Arauxo, Hyulmand, Kochorashvili, Kenda, Trinkau, Golsalves, Suares.
Qayrat – Kalmurza, Tapalov, Martinovich, Sorokin, Mata, Kasabulat, Ofri, Mrinskiy, Monteyro, Gromyko, Satpayev.
Ibrohim Jalolov
Redaktor