locale OZ

ChL. Bugun ikkinchi finalchi nomi aniq bo'ladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages

Bir necha daqiqalardan so'ng, Yevropa chempionlar ligasining yarim final javob uchrashuvlari doirasidagi “PSJ” hamda “Arsenal” qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi.

Barchasi Londonda qayd etilgan 1:0 hisobidagi fransuzlarning g'alabasidan boshlanadi. Bugungi uchrashuvda kim yutishidan qat'iy nazar, 30 may kuni Myunxen shahrida “Inter Milan”ga qarshi maydonga chiqadi.

Bugungi uchrashuvga Mikel Arteta quyidagicha tahminiy tarkibni maydonga tushuradi:

(4-3-3): Raya; Timber, Saliba, Kivior, Levis-Skelli; Odegard, Rays, Merino; Saka, Trossard, Martinelli

Luis Enrike esa quyidagicha tarkibni maydonga tushirsa kerak:

Donnarumma, Hakimi, Markiniyos, Pacho, Nuno Mendez, Ruiz, Vitinya, Neves, Doue, Dembele va Xvicha

Ikki jamoa o'rtasidagi so'ngi olti uchrashuvda atigi bir marta “PSJ” g'alaba qozongan, u ham bo'lsa o'tgan safargi bahsda. Uch durang va ikki “Arsenal” g'alabasi.

Chempionlar ligasi 1/2 final

"PSJ" - "Arsenal"

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting