ChL. Birinchi bo'limdan so'ng, \"Inter\" ikki gol bilan oldinga chiqib oldi
Photo: gettyimages
Ayni daqiqalarda Italiyaning Milan shahrida yevropa chempionlar ligasi yarim final javob bahsi doirasidagi “Inter Milan” hamda “Barselona” jamoalari o'rtasidagi qiziqarli uchrashuv davom etmoqda.
Birinchi bo'limdan so'ng, italiyaliklar ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib oldi.

Bugungi uchrashuvda “Inter Milan” futbolchisi Benjamin Povard italiyaliklarga yordam bera olmayapti. U jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yubormoqda.

Chempionlar ligasi 1/2 final
"Inter" 2:0 "Barselona"
Gollar: Lautaro 22, Chalhanoglu 45+1 (p)
Ibrohim Jalolov
Redaktor