locale OZ

Chiro Immobile murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida

Avvalroq u professional faoliyatini yakunlagan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chiro Immobile murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida
FOTO: Getty Images

Professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan italiyalik hujumchi Chiro Immobile kelajakda murabbiy bo‘lish niyatida ekanini ma’lum qildi. 36 yoshli sobiq futbolchi endi vaqtini oilasiga ko‘proq ajratish bilan birga, murabbiylik sohasini o‘rganishni boshlamoqchi.

Immobile faoliyatini yakunlash qarorini jismoniy holati bilan izohladi. Uning aytishicha, yuqori darajada doimiy o‘ynash tobora qiyinlashgan va tanasi unga faoliyatni tugatish vaqti kelganini ko‘rsatgan.

“Men har doim o‘zimga nisbatan halol bo‘lganman. Tanam endi avvalgidek davom eta olmasligini ko‘rsatgan zahoti faoliyatimni yakunlashimni bilardim. Hozir oilam bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish va murabbiylikni o‘rganishni boshlash imkoniyatiga egaman”, — dedi Immobile.

Ma’lumot uchun, Chiro Immobile faoliyati davomida Italiya A Seriyasining to‘rt karra eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Endilikda u futbolchilikdan keyingi faoliyatini murabbiylik bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting