«Chikago Fayr» Levandovskini sotib olish fikridan qaytdi — The Athletic
Qayd etilishicha, hozirda muzokaralar toʻxtab qolgan.
FOTO: Getty Images
«Chikago Fayr» klubi o‘z rejalarini o‘zgartirdi va shu yozda shartnomasi yakuniga yetadigan «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish niyatidan qaytdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika klubi yil boshida 37 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olish uchun faol harakat qilgan edi, biroq ayni damda muzokaralar to‘xtab qolgan.
Levandovski 2022 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, polshalik futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist