«Chikago Fayr» Levandovskiga ikki yillik bitim taklif qildi
Evropa va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.
ФОТО: Getty images
“Chikago Fayr” klubi “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnoma imzolashga kirishgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amerika klubi 37 yoshli polyak hujumchiga ikki yillik shartnoma hamda yuqori maosh taklif qilgan.
Biroq hozircha Levandovski ushbu taklifni qabul qilgani yo‘q. Unga Yevropa va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 28 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Levandovskining bozor qiymati 9 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist