locale OZ

Chiesa \"Napoli\" bilan muzokaralarni boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chiesa "Napoli" bilan muzokaralarni boshladi
Photo: Getty Images

"Liverpul" vingeri Federiko Chiesa faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabrizio Romanoning yozishicha, "Napoli" "Yuventus"ning sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Neapolliklar futbolchining agenti bilan ehtimoliy transfer borasida dastlabki muzokaralarga kirishdi.

Shu o‘rinda Federikoning o‘zi Italiyaga qaytishga tayyor, chunki u "Liverpul"ning asosiy o‘yinchisi emas.

27 yoshli yarim himoyachi 2024 yilning yozida "mersisaydliklar" safiga o‘tgandi.

O‘tgan mavsumda Chiesa 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting