Chiesa A Seriyaga qaytishni xohlamadi
U mersisaydliklar safida qolishni istadi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" hujumchisi Federico Chiesa Italiyaga qaytish takliflarini rad etdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli vinger yozgi transfer oynasida uni ijaraga olishni xohlagan "Inter" va "Napoli" klublariga rozi bo'lmadi.
Italiyalik futbolchi bosh murabbiy Arne Slot oldida o'zini namoyon etishga qat'iy bel bog'lagan.
Joriy mavsum APLda Chiesa 3 ta o'yinda maydonga tushib, bir bor gol urdi. Uning yagona goli ham jamoaning ilk turda g'alaba qozonishiga juda katta hissa qo'shdi. Italiyalik vingerning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist