locale OZ

Chicharito: «Ronaldu yana barcha tanqidchilarni jim qildirdi»

41 yoshli Ronaldu 68-daqiqada penaltidan gol urib, jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chicharito: «Ronaldu yana barcha tanqidchilarni jim qildirdi»
ФОТО: Getty images

"Real" va "Manchester United" klublarining sobiq hujumchisi Xavyer Ernandes (Chicharito) Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi o‘yiniga yuqori baho berdi.

Mazkur uchrashuvda Portugaliya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 41 yoshli Ronaldu 68-daqiqada penaltidan gol urib, jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi.

FOX Sports efirida so‘zga chiqqan Chicharito portugaliyalik yulduzning professionalligi va jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratdi.

"Birinchi o‘yindan keyin Ronaldu qattiq tanqid qilindi. Ikkinchi bahsda esa unga imkoniyatlar yaratildi va u har doimgidek gol urdi.

41 yoshda, hisobida 976 ta gol bor va u hali ham orqaga soatiga 30 kilometr tezlikda qaytib yugurmoqda. Bugun u yana barcha tanqidchilarni jim qildirdi. U hamma uchun namunadir", — dedi Chicharito.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting