locale OZ

Chicharito: «Benzemaning o‘yinini ko‘rish zavqli edi»

Meksikalik futbolchi Karim haqida iliq fikrlar aytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chicharito: «Benzemaning o‘yinini ko‘rish zavqli edi»
ФОТО: Getty images

«Real»ning sobiq hujumchisi Xaver Ernandes «Al-Hilol» forvardi Karim Benzemaning klassik markaziy hujumchilardan farqi haqida fikr bildirdi.

«U bilan yana-da ko‘proq vaqt birga o‘ynashni istardim. U “Real”ning markaziy hujumchisi bo‘lishga qodir ekanini isbotladi, ko‘p gol urdi va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.

Shunga qaramay, men uni oddiy “to‘qqizlik” deb atay olmayman. Bu hurmatsizlik emas, aksincha. Men uchun u doimo Zidanga xos mahorat va hujumchi tafakkuriga ega bo‘lgan o‘ninchi raqamli futbolchiga yaqinroq edi. Karimni “to‘qqiz yarimlik” deb atagan bo‘lardim. Uning o‘yinini tomosha qilish haqiqatan ham zavqli edi.

Ronalduning va Beylning o‘xshash jihati shunda ediki, ular juda samarali, keskin va chaqqon harakat qilishardi. Ikki soniya ichida raqibni jazolab qo‘yishlari mumkin edi.

Karim bilan esa hammasi boshqacha edi. Hatto mashg‘ulotlarda ham uning to‘p uzatishi, harakatlanishi va o‘yin ritmini his qilishini tomosha qilish juda yoqimli edi. Shu jihatdan men uni Zidan bilan taqqoslayman», — dedi Chicharito Rio Ferdinand podkastida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting