locale OZ

Chexiyadagi motopoygada dahshatli baxtsiz hodisa: Ikki sportchi halok bo‘ldi

Ushbu mudhish fojia sababli dam olish kunlariga rejalashtirilgan barcha musobaqalar bekor qilindi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Chexiyadagi motopoygada dahshatli baxtsiz hodisa: Ikki sportchi halok bo‘ldi
FOTO: Getty Images

Chexiyaning Brno shahridagi trassada o‘tkazilayotgan "Alpe Adria International Motorcycle Championship" (AAIMC) seriyasiga kiruvchi poyga vaqtida ikki motopoygachi — 32 yoshli avstriyalik Filipp Shtaynmayr va 43 yoshli ruminiyalik Adrian Rus halok bo‘ldi. Bu haqda Yevropa motopoygalar ittifoqi (FIM Europe) matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shtaynmayr halokat joyining o‘zidayoq vafot etgan. Rus esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq olingan jarohatlar tufayli keyinchalik kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. Ushbu mudhish fojia sababli dam olish kunlariga rejalashtirilgan barcha musobaqalar bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, AAIMC olti bosqich va 12 poygadan iborat chempionat bo‘lib, u Yevropaning turli avtodromlarida o‘tkazib kelinadi. Ta’kidlash joizki, Brnodagi ushbu trassa iyun oyida motopoyga bo‘yicha Chexiya Gran-prisini (MotoGP) ham qabul qilgan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting