Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek iste'foga chiqdi
Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek lavozimini tark etdi.
Koubekning ta'kidlashicha, jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik uchun asosiy mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan va shu sababli David Trundaga iste'fosini taklif qilgan.
«Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng barcha holatlarni tahlil qilib, o‘z lavozimimni David Trundaga taklif qilishga qaror qildim. O‘zaro muhokama va maslahatlashuvlardan so‘ng u bu qarorimni qabul qildi.
Bu qarorga nisbatan menga qarshi uydirmalarga asoslangan mediakampaniya ham ta'sir qildi. Bunday muhitda Chexiya terma jamoasida ishlashning ma'nosi qolmasdi.
Afsuski, jahon chempionatidan so‘ng amalga oshirishni rejalashtirgan aniq loyihalarimni endi hayotga tatbiq eta olmayman.
Shuningdek, muxlislarga ham alohida rahmat aytaman. Saralash bosqichi va jahon chempionati davomidagi qo‘llab-quvvatlashingizni hech qachon unutmayman.
Chexiya terma jamoasi va mening vorisimga kelgusi faoliyatida omad tilayman. Har bir chex muxlisi kabi men ham ularga muxlislik qilishda davom etaman», — dedi Koubek.