Chexiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Infantino rejasini qo‘llab-quvvatladi
Chexiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti David Trunda FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga taklif qilish rejasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Trunda bu tashabbus Chexiya futboli rivoji uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikricha, FIFA bilan yaqin hamkorlik milliy futbol infratuzilmasini yaxshilash va qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatlarini yaratadi. Shu bilan birga, u yakuniy xulosa chiqarishdan oldin loyiha tafsilotlari bilan to‘liq tanishib chiqish zarurligini ham qayd etdi.
Chexiya futbol assotsiatsiyasi ushbu masalani avgust oyida bo‘lib o‘tadigan ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida muhokama qilishi kutilmoqda. Trundaning pozitsiyasi UEFAning aksariyat a’zolari qarashidan farq qilmoqda. Chunki Yevropa futbol uyushmasi va bir qator milliy assotsiatsiyalar Infantino rejasini keskin tanqid qilib, uni futbol boshqaruvi tamoyillariga zid deb hisoblamoqda.
Avvalroq UEFA FIFAning ushbu tashabbusini "qizil chiziq" deb atab, Jahon chempionatini boykot qilish ehtimolini ham muhokama qilishi mumkinligini bildirgandi. Chexiya esa bu masalada Infantino rejasini ochiq qo‘llab-quvvatlagan Yevropadagi ilk futbol assotsiatsiyalaridan biriga aylandi.