locale OZ

Chexiya bosh murabbiyi: «Biz juda yaxshi o‘ynadik»

A guruhida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chexiya bosh murabbiyi: «Biz juda yaxshi o‘ynadik»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
11.06.2026, Yak.
Janubiy Koreya
2
Chexiya
1

Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek JCh-2026 1-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindagi (1:2) mag‘lubiyatga izoh berdi.

«Biz juda yaxshi o‘ynadik, durang ham o‘ynashimiz, hattoki g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Balki, eng yaxshi jamoa g‘alaba qildi. Ammo ayrim xatolar bo‘lmaganida, yanada yaxshiroq natija ko‘rsatishimiz mumkin edi», — dedi murabbiy.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng Janubiy Koreya 3 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Chexiya esa hozircha ochko to‘play olmagan va uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Meksika ushbu guruh peshqadami. Ular JARni mag‘lub etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting