locale OZ

Chendler: «Men Konor bilan jang qilaman»

Amerikalik jangchi Oq uyda MakGregor bilan jang qilishini maʼlum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chendler: «Men Konor bilan jang qilaman»
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga sobiq da’vogar bo‘lgan amerikalik Maykl Chendler Konor Makgregor bilan Oq uydagi UFC turnirida jang bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

«Oq uyda jang bo‘ladi. MakGregor mashg‘ulotlar lageriga mening uslubimni taqlid qiladigan yigitlarni jalb qilgan. Men iyun oyida Oq uyda Konor bilan oktagonga chiqaman — Xudo o‘zi madadkor bo‘lsin», — deydi Chendler.

Eslatib o‘tamiz, Chendler 39 yoshda. U oxirgi jangini 2025 yil aprel oyida o‘tkazgan va Peddi Pimblettga texnik nokaut bilan yutqazgan.

Konor MakGregor esa 37 yoshda. U so‘nggi bor 2021 yilning iyulida oktagonga kirgan — o‘sha jangda u oyog‘ini sindirib, Dastin Poryega qarshi bahsni davom ettira olmagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting