Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichiga yoʻllanma olgan jamoalar soni 27 taga yetdi
Kelgusi mavsumda Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ishtirok etadigan 27 ta jamoa ma'lum bo‘ldi.
Ro‘yxat mamlakatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish olgan:
Angliya: “Arsenal”, “Manchester City”, “Manchester United”, “Aston Villa”, “Liverpool”;
Italiya: “Inter”, “Napoli”;
Ispaniya: “Barselona”, “Real”, “Vilyarreal”, “Atletiko”, “Betis”;
Germaniya: “Bavariya”, “Borussiya” Dortmund, “RB Leyptsig”, “Shtutgart”;
Fransiya: “PSJ”, “Lans”, “Lill”;
Niderlandiya: PSV, “Feyenoord”;
Portugaliya: “Portu”, “Sporting”;
Belgiya: “Bryugge”;
Chexiya: “Slaviya”;
Turkiya: “Galatasaray”;
Ukraina: “Shaxtyor”.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasi g‘olibi 30 may kuni aniqlanadi: finalda “PSJ” va “Arsenal” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.