locale OZ

Chempionlar Ligasining pley-off va final bosqichida foydalaniladigan rasmiy toʻpi taqdim etildi

Turnirning amaldagi chempioni «PSJ» hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar Ligasining pley-off va final bosqichida foydalaniladigan rasmiy toʻpi taqdim etildi
FOTO: Getty Images

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati Chempionlar Ligasining pley-off va final uchrashuvlarida foydalaniladigan rasmiy to‘pni namoyish etdi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsi Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turnirning final o‘yini 2026 yil 30 may sanasiga belgilangan. Musobaqa to‘pi an’anaga ko‘ra Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «PSJ» klubi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida parijliklar Milanning «Inter» jamoasini 5:0 hisobida tor-mor etib, o‘z tarixlarida ilk bor ushbu nufuzli sovringa ega chiqqan edilar.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining pley-off bosqichi fevral oyi oxirida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting