locale OZ

Chempionlar Ligasining mavsum ramziy terma jamoasi eʼlon qilindi — WhoScored

Tarkibda «PSJ» yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar Ligasining mavsum ramziy terma jamoasi eʼlon qilindi — WhoScored
FOTO: Getty Images

WhoScored portali UEFA Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi yakunlariga koʻra oʻz talqinidagi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Mazkur roʻyxatdan musobaqa finalida Londonning «Arsenal» klubini magʻlub etib (1:1, penaltilar seriyasida — 4:3), gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Fransiyaning «PSJ» klubidan toʻrt nafar futbolchi joy oldi.

WhoScored talqiniga koʻra UEFA Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real») — 7,41

Himoyachilar: Ashraf Hakimi («PSJ») — 7,08, Virdjil van Deyk («Liverpul») — 7,07, Alessandro Bastoni («Inter») — 7,03, Nunu Mendesh («PSJ») — 7,21

Yarimhimoyachilar: Vitinya («PSJ») — 7,23, Dominik Soboslai («Liverpul») — 7,59, Lamin Yamal («Barselona») — 8,04

Hujumchilar: Kilian Mbappe («Real») — 8,12, Harri Keyn («Bavariya») — 8,08, Xvicha Kvarasxeliya («PSJ») — 7,78.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting