locale OZ

Chempionlar Ligasining ketma-ket yettinchi finalida faqat bitta jamoa gol urdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar Ligasining ketma-ket yettinchi finalida faqat bitta jamoa gol urdi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi Chempionlar Ligasi finalida “Inter”ni yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, ushbu turnirning ketma-ket yettita final uchrashuvida faqat bitta jamoa gol urdi.

2018/2019-yilgi mavsumda “Liverpul” “Tottenhem”ni 2:0, 2019/2020-yilgi mavsumda “Bavariya” PSJ'ni 1:0, 2020/2021-yilgi mavsumda “Chelsi” “Manchester Siti”ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

2021/2022-yilgi mavsumda “Real” “Liverpul”ni 1:0, 2022/2023-yilgi mavsumda “Manchester Siti” “Inter”ni 1:0, 2023/2024-yilgi mavsumda esa “Real” “Borussiya D”ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchragandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting