Chempionlar Ligasining joriy mavsumida eng ko'p daromad qilgan klublar e'lon qilindi
FOTO: Getty Images
Fransiyaning PSJ klubi Chempionlar Ligasining joriy mavsumida hozirgacha 119,4 million yevro ishlab topdi. Bu turnirdagi boshqa ishtirokchilar orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Football Meets Data xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Inter” 118,1 million yevro bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni esa 117 million yevro bilan “Arsenal” yakunlab bergan.
Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi daromadlari bo'yicha top-10 klublar quyidagicha:
- PSJ - 119,4 million yevro;
- “Inter” – 118,1 million yevro;
- “Arsenal” - 117 million yevro;
- “Barselona” - 116,6 million yevro;
- “Bavariya” – 105,9 million yevro;
- “Borussiya D” - 102,2 million yevro;
- “Real Madrid” - 101,8 million yevro;
- “Liverpul” – 98,1 million yevro;
- “Bayer” - 87,1 million yevro;
- “Atletiko Madrid” – 84,9 million yevro.
Nasrullo Karimov
Jurnalist