Chempionlar Ligasining eng yaxshi to'purarlari va assistentlari ma'lum bo'ldi
Fransiyaning PSJ klubi UEFA Chempionlar Ligasining 2024/2025-yilgi mavsum finalida “Inter”ni yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi. Turnir yakunlanganidan so'ng eng yaxshi to'purarlar va assistentlar aniqlandi.
Musobaqaning eng yaxshi to'purarlari “Barselona” vingeri Rafinya va “Borussiya Dortmund” markaziy hujumchisi Seru Girasi bo'ldi. Har ikki futbolchi ham 13 tadan gol kiritishga erishdi.
Shuningdek, Rafinya turnirning eng yaxshi assistenti bo'ldi. Uning hisobida 9 ta golli pas bor.
Chempionlar Ligasining eng yaxshi to'purarlari:
1. Rafinya (“Barselona”), Seru Girasi (“Borussiya D”) - 13 ta.
2. Robert Levandovski (“Barselona”), Harri Keyn (“Bavariya”) - 11 ta.
3. Lautaro Martines (“Inter”) - 9 ta.
4. Usmon Dembele (PSJ), Erling Holand (“Manchester Siti”), Vinisius Junior (“Real”), - 8 ta.
Chempionlar Ligasining eng yaxshi assistentlari:
Rafinya (“Barselona”) - 9 ta.
Usmon Dembele (PSJ) - 6 ta.