Chempionlar Ligasining 2028 va 2029 yilgi finallari qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi finali Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
UEFA 2028 yilgi Chempionlar Ligasi finali Myunxendagi "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tishini, bir yil o‘tib esa turnirning hal qiluvchi bahsiga Barselonadagi yangilangan "Kamp Nou" stadioni mezbonlik qilishini e’lon qildi.
«Ikkita mashhur stadion! Myunxen futbol arenasi va Barselonadagi «Kamp Nou» Chempionlar ligasi finalini mos ravishda 2028 va 2029 yillarda qabul qiladi,» - deyiladi UYeFA matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan xabarda.
Qayd etish joizki, Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi finali Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Fransiyaning PSJ klubi hisoblanadi.