locale OZ

Chempionlar Ligasidagi omadsizlikka qaramay «Yuventus» Spalletti bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar Ligasidagi omadsizlikka qaramay «Yuventus» Spalletti bilan shartnomani uzaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

«Yuventus» direktori Jorjo Kellini jamoaning Chempionlar Ligasidan chiqib ketishiga qaramay, bosh murabbiy Luchano Spallettiga to‘liq ishonch bildirdi. Eslatib o‘tamiz, turinliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga imkoniyatni boy berib, nufuzli musobaqadagi ishtirokini yakunlagan edi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Kellini murabbiyning kelajagi borasidagi savollarga quyidagicha javob bergan:

«Luchano Spalletti bilan yangi shartnoma imzolash masalasi bizda hech qachon shubha uyg‘otmagan. Bu klubning asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Tez orada biz kelishuvning barcha tafsilotlarini muhokama qilish uchun uchrashamiz».

Spalletti «Yuventus» boshqaruviga 2025 yilda kelgan bo‘lib, uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Garchi jamoa yevrokuboklar bilan xayrlashgan bo‘lsa-da, rahbariyat tajribali mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumning Chempionlar Ligasi finali 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting