Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e'lon qilindi
G'olib tez orada e'lon qilinadi.
ФОТО: Getty images
UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni ma'lum qildi.
Nomzodlar quyidagicha: "Real" hujumchisi Vinisius, "Atletik" yarim himoyachisi Robert Navarro, "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes hamda "Sporting" hujumchisi Luis Suares kiritildi.
Vinisius "Monako"ga qarshi o‘yinda (6:1) bir gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Navarro "Atalanta"ga qarshi bahsda (3:2) bir gol va 2 ta assist qayd etdi.
Fermin "Slaviya"ga qarshi o‘yinda (4:2) dubl muallifi bo‘ldi.
Suares esa "PSJ" darvozasiga ikki bor yo‘l topdi (2:1).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist