locale OZ

Chempionlar ligasida gol urish boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi

Turnirning 3-tur uchrashuvlari oʻz yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar ligasida gol urish boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi
FOTO: Getty Images

21 va 22 oktyabr kunlari UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari oʻtkazildi. Ushbu turda jami 18 ta o'yin boʻlib oʻtdi va jamoalar 71 ta gol urishga muvaffaq boʻlishdi.

UEFA matbuot xizmati xabariga koʻra, bu natija turnir tarixidagi eng yuqori gollar soni boʻyicha yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord — 18 ta o'yinda 67 ta gol — musobaqa tarixida ikki bor qayd etilgan: joriy mavsumning 1-turida va oʻtgan yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida.

Eslatib oʻtamiz, 21 oktyabr kuni oʻtkazilgan dastlabki 9 ta uchrashuvda 43 ta gol urilgan boʻlsa, ikkinchi oʻyin kunida jamoalar 28 bor raqib darvozasini ishgʻol qilishgan. Shu tariqa, Chempionlar ligasi tarixida ilk bor bir tur doirasida 70 tadan ortiq gol kiritildi.

Maʼlumot uchun, ayndi dam turnir jadvalida «PSJ» 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bavariya» ham shuncha ochko jamgʻargan holda ikkinchi oʻrinda bormoqda. «Inter», «Arsenal» va «Real»da ham 9 ochkodan mavjud hamda jamoalar mos ravishda 3—5-o‘rinlarni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting