Chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichi juftliklari aniqlandi
11 avgust kuni Chempionlar ligasi 2026/27 yilgi mavsumining 3-kvalifikatsiya bosqichi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ularning yakuniga ko‘ra, pley-off bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar va juftliklar aniqlandi. (Chempionat)
Chempionlar ligasi — 2026/27 mavsumi pley-off bosqichi juftliklari:
“Fenerbahche” (Turkiya) — “Lion” (Fransiya)
“NEK Neymegen” (Niderlandiya) — “Bude-Glimt” (Norvegiya)
“Hapoel” Beer-Sheva (Isroil) — “Sabah” (Ozarbayjon)
“Slovan” (Slovakiya) — “Tsele” (Sloveniya)
“Seltik” (Shotlandiya) — “LASK” (Avstriya)
“Dinamo” Zagreb (Xorvatiya) — “Viking” (Norvegiya)
“Levski” (Bolgariya) — AEK (Gretsiya)
Pley-off bosqichining birinchi uchrashuvlari 18–19 avgust, javob bahslari esa 25–26 avgust kunlari o'tkaziladi.
Ushbu juftliklarda g‘olib chiqqan 7 ta jamoa Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘l oladi. Mag‘lub bo‘lgan klublar esa Yevropa ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi.
Shunday qilib, Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga chiqish uchun hal qiluvchi so‘nggi qadam qoldi. Eng qiziqarli qarama-qarshiliklardan biri — “Fenerbahche” va “Lion” o‘rtasidagi bahs bo‘ladi.